Bahodir Qurbonov OʻFA prezidentligiga saylandi
Avval mazkur lavozimda Abdusalom Azizov ishlagandi.
Sport
22-fevral, 10:19

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi boʻlib oʻtdi.
Unda Bahodir Qurbonov OʻFA prezidentligiga saylandi.
Eslatib oʻtamiz, OʻFA Saylov kodeksining 11-moddasida nomzodlarning rasmiy roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar matbuotda ham eʼlon qilinishi zarurligi keltirilgan. Bir necha kun avval OʻFA aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga DXX raisi Qurbonov Bahodir Nizomovich nomzodi ilgari surilgandi.
Eslatib oʻtamiz, bunga qadar mazkur lavozimda Abdusalom Azizov ishlab kelayotgan edi. Soʻnggi oyda esa OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bu vazifani bajarayotgandi.