platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yer sotish evaziga 2,4 mln dollar talab qilgan shaxs qoʻlga olindi

U vaʼda qilingan pulning 500 ming dollarini olayotgan boʻlgan. 

Toshkentda yer sotish evaziga 2,4 mln dollar talab qilgan shaxs qoʻlga olindi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro Ohangaron tumanida joylashgan va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 32 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 2 mln. 400 ming AQSh dollari talab qilgan.

U oldindan 500 ming AQSh dollarini Toshkent shahridagi kafelardan birida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi, shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Yangiyoʻl tumanida yashovchi, 1974 va 1978 yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs oʻzaro til biriktirib, tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 48 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 60 ming AQSh dollari hamda kadastr hujjatlarini hal qilib berish evaziga 8160 AQSh dollari talab qilishib, shundan 64 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990 y.t. shaxs Suv xoʻjaligi vazirligining “Amu-Surxon” Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Sherobod tumanidagi Meliorativ ekspeditsiya balansida boʻlgan 20 sotix yer maydonini hamda 1961 y.t. mahalliy fuqaroga tegishli, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 45 sotix yer maydonini jami 60 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, 56,7 ming AQSh dollari va 43 mln. soʻm olgan vaqtida DXX, IIV hamda IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.

Xorazm viloyatining Urganch tumanida yashovchi, 1979 y.t. shaxs mazkur tumandan oqib oʻtuvchi Shovot kanali boʻyida joylashgan va davlat zaxirasida boʻlgan 24 sotix yer maydonini kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSh dollari va 13 mln. soʻm olgan vaqtida DXX hamda IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid