Sanʼatkor Nafisa Toʻxtayeva vafot etdi
Uning ijrosidagi "Saraxbori Oromijon", "Qashqachai Savti Sabo", "Ey Nazokat" kabi kuylar mashhur boʻlgan.

Mashhur maqom ijrochisi Nafisa Toʻxtayeva 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
U Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansamblida xonanda sifatida ijod qilgan.
50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini "Oltin fond"ga muhrlagan.
Uning ijrosidagi "Saraxbori Oromijon", "Qashqachai Savti Sabo", "Ey Nazokat" kabi kuylar xalq merosining durdonalariga aylangan.