platina.uz
Jamiyat

Navoiyda infratuzilma va aholi turmushini yaxshilash uchun 25,5 mlrd soʻm ajratiladi

Viloyat harbiy-maʼmuriy sektorini rivojlantirishga 2,5 mlrd soʻm, koʻpqavatli uylardagi elektr tarmoqlarini taʼmirlashga salkam 1 mlrd soʻm beriladi. 

Navoiyda infratuzilma va aholi turmushini yaxshilash uchun 25,5 mlrd soʻm ajratiladi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi qarori bilan mahalliy byudjetdan 25,5 mlrd soʻm ajratilishi belgilandi.

Mablagʻlar ifratuzilma xarajatlari, aholi turmush darajasini yaxshilash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

Qaror ilovasida xarajatlar jadvali keltirilgan. Jumladan, 2,5 mlrd soʻm mablagʻ viloyat harbiy-maʼmuriy sektorini rivojlantirish jamgʻarmasiga taqdim etiladi, viloyat hokimligi maʼmuriy binosi xarajatlari uchun 2,4 mlrd soʻm, xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalari uchun 1 mlrd soʻm beriladi.

Hududiy futbol assosiatsiyalarini qoʻllab-quvvatlashga 183 mln soʻm, koʻpqavatli uylardagi elektr tarmoqlari(shit)ni taʼmirlash uchun 944 mln soʻm, Xatirchi tumanidagi 49-maktabga 45 mln soʻm, Navbahor tumanidagi kasb-hunar maktabini rekonstruksiya qilish xarajatlari uchun 1 mlrd soʻm ajratiladi.

Navoiy shahridagi 10-maktabni mukammal taʼmirlashga 699 mln soʻm, Nurotadagi tugʻruqxonani taʼmirlashga 95 mln soʻm, viloyat televideniyesini rekonstruksiya qilish uchun 500 mln soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.

Navoiy shahrida kutubxona qurishga 1 mlrd soʻm beriladi. Xatirchida xotira xiyoboni qurishga 500 mln soʻm ketishi belgilangan.

Viloyat hokimligiga kechiktirib boʻlmaydigan va favqulodda xarajatlar uchun 7 mlrd soʻm pul yoʻnaltiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid