platina.uz
Jamiyat

Farzandini noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Bunday shaxslarga BHMning 10 baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. 

Farzandini noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Farzandini noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Qonun (OʻRQ-1035-son, 20.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz bolasini shaxsiy eʼtiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqiga egaligi eʼtirof etilgan. Ular tomonidan oʻz bolasini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olishga jalb etishga, yaʼni bolani roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki litsenziyaga ega boʻlmagan tashkilotlarga yoxud maxsus diniy maʼlumotga ega boʻlmagan va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston boʻyicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy taʼlimni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy taʼlim olish uchun topshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan oʻz bolasini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olishga jalb etish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid