Pentagon rahbari AQSh mudofaa xarajatlarini qisqartirish boʻyicha topshiriq berdi
Kelasi besh yil ichida xarajatlarni sakkiz foizga qisqartirish reja qilinmoqda.

AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegset Pentagonga mudofaa byudjetini qisqartirish boʻyicha rejalar ishlab chiqishni buyurdi. Bu haqda The WashingtonPost gazetasi jurnalistlar qoʻlga kiritgan maʼlumotga asoslanib yozmoqda.
Harbiy departamentga kelasi besh yil ichida xarajatlarni sakkiz foizga qisqartirish vazifasi yuklatilgan.
"Mablagʻlarning qisqarishi zaruriy jangovar kuchlarni saqlab qoladi, ammo keraksiz mudofaa xarajatlarini toʻxtatadi va ortiqcha byurokratiyaga barham beradi", deyiladi hujjatda.
Pentagonning 2025 yilgi byudjeti taxminan 850 milliard dollarni tashkil qiladi.
Shuningdek, The Wall Street Journal nashri yuqori martabali manbalarga asoslanib, AQSh Rossiya bilan muzokaralar chogʻida Yevropa Ittifoqini Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatish uchun qoʻshimcha mablagʻ yigʻishga chaqirganini yozgan.