platina.uz
Jamiyat

8 mart bayramida ketma-ket uch kun dam olish boʻladi

Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda u bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.

8 mart bayramida ketma-ket uch kun dam olish boʻladi

Oʻzbekistonliklar 8 mart xotin-qizlar kuni bayrami arafasida necha kun dam olishi mmaʼlum qilindi.

Bu yil 8 mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning shanba kuniga toʻgʻri keladi.

Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.

Shunga koʻra, bayram arafasida besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:
8 mart, shanba – bayram kuni, dam olish kuni;
9 mart, yakshanba – dam olish kuni;
10 mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid