platina.uz
Jamiyat

Saudiya vaziri Shavkat Mirziyoyevga muqaddas Kaʼba yopinchigʻi boʻlagini topshirdi

Oʻtgan yilning oʻzida 800 mingdan ziyod oʻzbekistonliklar Umra ziyoratini, 15 ming nafari Haj ibodatini ado etgan. 

Saudiya vaziri Shavkat Mirziyoyevga muqaddas Kaʼba yopinchigʻi boʻlagini topshirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Ol Saud va Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Vazir, shuningdek, Podshohning koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Kaʼba yopinchigʻi kisvaning bir parchasini topshirdi.

Oʻzbekiston yetakchisi, oʻz navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga bebaho tuhfa hamda ziyoratchilarimizning musulmon dunyosi markazlari - Makka va Madinada boʻlishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Birgina oʻtgan yilning oʻzida 800 mingdan ziyod fuqarolarimiz Umra ziyoratini, 15 ming nafari Haj ibodatini ado etdi.

Suhbat chogʻida oʻzbekistonlik ziyoratchilarga shart-sharoitlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, ularning Saudiya Arabistoniga tashrifi xavfsiz va qulay boʻlishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid