platina.uz

Oʻzbekiston yoshlari Eronni yuta olmadi

Shu tariqa hamyurtlarimiz guruhda ikkinchi oʻrinni egalladilar.

Sport
19-fevral, 18:20
Oʻzbekiston yoshlari Eronni yuta olmadi

Bugun Osiyo kubogining 3-tur oʻyinida Oʻzbekiston va Eron yoshlari maydonga tushdi. Eronliklar 1:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Ehtiyotkor oʻtgan birinchi boʻlimda hisob ochilmadi. Ammo 52-daqiqada himoyachimizning qoʻpol xatosi golga sabab boʻldi.

Soʻng 66-daqiqada Eron penaltidan hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Oʻrinboyevning 81-daqiqadagi goli hisobni qisqartirdi xolos.

Shu tariqa Oʻzbekiston guruhda ikkinchi oʻrinni oldi. Endi Yaponiya yo Janubiy Koreya keyingi bosqichda raqibimiz boʻladi.

Osiyo kubogi U20, 3-tur

Oʻzbekiston - Eron 1:2
Gollar: Oʻrinboyev 81 - Mazrah 52, Gʻolizoda 66 pen.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+