platina.uz
Jamiyat

Mubashshir Ahmad qidiruvga berilgani aytilmoqda

U diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etishda ayblanmoqda.

Mubashshir Ahmad qidiruvga berilgani aytilmoqda

“Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan shaxs qidiruvga berildi. Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov bu maʼlumotni tasdiqladi.

Unga koʻra, Alisher Tursunov (taxallusi Mubashshir Ahmad) Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi boʻyicha qidiruvga berilgan.

Maʼlumot oʻrnida, 2023 yil avgustda Azon.uz sayti oʻz faoliyatini toʻxtatgandi. Shundan soʻng, Alisher Tursunov Turkiyaga ketib, oʻsha yerda “Azon Global” portalida ishini davom ettirgan.

2023 yil dekabrda Mubashshir Ahmad Turkiya politsiyasi tomonidan olib ketilib, Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan.

Keyinroq 2024 yil 21 fevral kuni u deportatsiya markazidan oilasi bagʻriga qaytgani xabar qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid