Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan beriladi
Urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 soʻmdan ajratiladi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan beriladi. Bu haqda prezident farmoni eʼlon qilindi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 dollar miqdorida;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 soʻm miqdorida;
1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 000 000 soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.