platina.uz
Jahon

HAMAS barcha isroillik asirlarni ozod etishga tayyorligini bildirdi

Lekin guruh Gʻazo sektoridan chiqib ketish boʻyicha talabni keskin rad etgan. 

HAMAS barcha isroillik asirlarni ozod etishga tayyorligini bildirdi

Gʻazo sektoridagi HAMAS harakati oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining ikkinchi bosqichida qolgan barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga tayyor, dedi harakat matbuot kotibi Hazem Qosim.

Shu bilan birga, HAMAS Isroilning qurolsizlanish va Gʻazo sektoridan qoʻshinlarni olib chiqib ketish talabini rad etdi.

"Bosqinchilarning XAMASni Gʻazo sektoridan chiqarib yuborish sharti bemaʼni psixologik urushdir va qarshilikni Gʻazodan olib chiqib ketish yoki qurolsizlantirish qabul qilib boʻlmaydi. Gʻazo sektorining kelajagi boʻyicha har qanday kelishuv milliy konsensus asosida tuziladi", dedi Qosim. (Al Jazira iqtibos keltirgan).

19 yanvardan beri Isroil va XAMAS oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib olgan.

Birinchi bosqichda HAMAS garovga olingan 33 kishini, ikkinchi bosqichda esa qolganlarini ozod qilishga vaʼda berdi. Buning evaziga Isroil tomoni falastinlik mahbuslarni qamoqdan ozod qiladi. Oxirgi almashinuv 15 fevral kuni boʻlib oʻtdi.

Isroil rasmiylariga koʻra, HAMAS asirligida 73 kishi qolmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid