platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida mahkum devor bosib qolishi oqibatida vafot etdi

Hozirda Toshkent maxsus prokuraturasi tergov harakatlari olib bormoqda. 

Toshkent viloyatida mahkum devor bosib qolishi oqibatida vafot etdi

Toshkent viloyatida mahkum devor bosib qolishi sabab vafot etdi.

2025 yil 11 fevral kuni 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtagan mahkum Mustafa Tursinbayev bir qavatli binoning devorlarini buzayotgan vaqtida devor qismi qulab, bosib qolgan.

Mahkum M.Tursinbayev zudlik bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Biroq, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan mahkum M.Tursinbayev 16 fevral kuni shifoxonada vafot etgan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mazkur holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Olmaliqda ham boshqa mahkum vafot etgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid