platina.uz
Jahon

Qozogʻistondagi konda yetti ishchi halok boʻldi

Hodisa Ulitau viloyatida sodir boʻlgan. Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev konchilarning oʻlimi yuzasidan tergov oʻtkazishni buyurdi.

Qozogʻistondagi konda yetti ishchi halok boʻldi

Qozogʻistonning Ulitau viloyatidagi Joʻmart konida fojia yuz berdi. Kondan yetti ishchining jasadi topildi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida qutqaruvchilar "Qazaqmix Corporation" MChJning yetti nafar xodimining jasadini topdi.

Ularning shaxsi aniqlanmoqda, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritish uchun tergov harakatlari olib borilmoqda. Voqea joyida Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ish olib bormoqda.

“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, "Kazakmiks" korporatsiyasi konlari uchun xos boʻlmagan tabiiy gaz portlashi sodir boʻlgan”, — deyiladi xabarda.

17 fevral kuni Joʻmart konida tosh massasi qulab tushdi. Voqea natijasida vayronalar ostida yetti kishi qolgan. Hodisani tekshirish uchun hukumat komissiyasi tuzildi.

Qosim-Jomart Toʻqayev konchilarning oʻlimi yuzasidan chuqur tergov oʻtkazishni buyurdi.

Qozogʻiston prezidenti Ulitov viloyatidagi "Kazakmiks" korporatsiyasining konida tosh qulashi oqibatida halok boʻlgan ishchilarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik telegrammasi yoʻlladi.

Davlat rahbari hukumatga fojia sabablarini chuqur oʻrganish boʻyicha topshiriq berdi.

Tegishli boshqarmalar va viloyat hokimligiga halok boʻlganlarning oila aʼzolariga har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha topshiriqlar berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid