platina.uz

Oʻzbekistonda bir yilda 2,9 mln tonna goʻsht yetishtirildi

Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyati yetakchilik qilmoqda:  345,9 ming tonna. 

Iqtisod
18-fevral, 12:16
Oʻzbekistonda bir yilda 2,9 mln tonna goʻsht yetishtirildi

2024 yilda Oʻzbekistonda 2,9 mln tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024 yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 467 trln soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 foizga koʻp.

2024 yilda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar hajmi:

— goʻsht (tirik vaznda) – 2,9 mln tonna

— sut – 12,4 mln tonna

— tuxum – 8,8 mlrd dona

— sabzavotlar – 12 mln tonna.

Hududlar kesimida yetishtirilgan goʻsht hajmi boʻyicha yetakchi viloyatlar:

— Qashqadaryo viloyati – 345,9 ming tonna;

— Samarqand viloyati – 326,9 ming tonna;

— Buxoro viloyati – 312,7 ming tonna;

— Toshkent viloyati – 312,3 ming tonna.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+