platina.uz
Jamiyat

Olmaliqdagi koloniyada jazo oʻtayotgan mahkum vafot etdi

U shifoxonada gipertoniya va birlamchi yurak yetishmovchiligi oqibatida hayotdan koʻz yumgani aytilmoqda. 

Olmaliqdagi koloniyada jazo oʻtayotgan mahkum vafot etdi

Olmaliqdagi koloniyada mahkum vafot etdi.

Tarmoqlarda “Olmaliqdagi koloniyadan mahkumning oʻligi chiqdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Unda marhumning onasi joriy yilning 26-28 yanvar kunlari oʻgʻli bilan uzoq muddatli uchrashuvda boʻlgani va u sogʻligʻi boʻyicha hech qanday shikoyat qilmaganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) tomonidan nazoratga olinib, holatga doir maʼlumotlar oʻrganilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

14-son jazoni ijro etish koloniyasi navbatchilik qismi tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14 fevral kuni soat 22:45 da jazo muddatini oʻtayotgan mahkum sogʻligʻida oʻzgarish sezgani sababli koloniya shifokorlariga murojaat qilgan.

Birinchi tibbiy yordam koʻrsatilganidan soʻng ham uning holati yaxshilanmagani sababli, u Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Biroq, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, mahkum 15 fevral kuni soat 01:00 da shifoxonada gipertoniya va birlamchi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etganligi aytilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, marhumga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda mazkur holat Ombudsman xodimlari va Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib oʻrganilmoqda. Shuningdek, Ombudsmanning Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila aʼzolari bilan uchrashib, taʼziya bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ombudsman tomonidan murojaat yuborildi.

Ombudsman tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur holatni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish taʼminlanishini soʻragan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid