platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni oʻtkazmoqchi boʻlganlar ushlandi

Ulardan 200 ming soʻmlik kupyurali qalbaki 100 mln soʻm pul ham topilgan.  

Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni oʻtkazmoqchi boʻlganlar ushlandi

Jizzax viloyatida qalbaki 51 000 AQSh dollarini oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqarolar I.N. va M.M. fuqaro S.G.ga 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 51 000 qalbaki AQSh dollarini hamda 200 ming soʻmlik kupyurali qalbaki 100 mln soʻmni jami 93 mln soʻmga sotishga kelishishgan.

Shundan 39,2 mln soʻmini bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid