platina.uz
Jahon

Rossiya va AQSh delegatsiyasi Saudiyada muzokara oʻtkazadi

Jarayon 18 fevral kuni boʻlib oʻtishi kutilyapti. Unda AQSh davlat kotibi va Rossiya TIV rahbari qatnashishi aytilmoqda. 

Rossiya va AQSh delegatsiyasi Saudiyada muzokara oʻtkazadi

18 fevral kuni Saudiya Arabistonida Rossiya va AQSh delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtadi, deya xabar bermoqda Amerika va Rossiya OAVlari.

Bu haqda Axios portali (ikkita manbaga tayangan holda) va "Kommersant" gazetasi xabar berdi.

Uchrashuvda Amerika tomonidan Davlat kotibi Marko Rubio, milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Maykl Uols va Yaqin Sharq boʻyicha maxsus elchi Stiv Vitkoff ishtirok etishi kutilmoqda.

Vitkoff avvalroq Fox News telekanaliga Uols bilan yakshanba kuni kechqurun Saudiya Arabistoniga borishini aytgan edi. Rubio u yerga dushanba kuni Isroildan keladi.

Rossiya delegatsiyasiga kim rahbarlik qilishi rasman eʼlon qilinmagan, biroq OAV manbalari bu Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boʻlishi mumkinligini yozmoqda.

Muzokaralarda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ham ishtirok etishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid