platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va Kuvayt oʻrtasida oʻnga yaqin hujjatlar imzolandi

Ular orasida sanoat, havo qatnovi va mehnat sohasidagi bitimlar bor. 

Oʻzbekiston va Kuvayt oʻrtasida oʻnga yaqin hujjatlar imzolandi

Al-Kuvayt shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Saboh Oʻzbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Sanoat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitimga bayonnoma;

- Mehnat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- "Aqlli" shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Sanʼat va madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Turizm sohasida 2025-2027 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi;

- Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid