Korrupsiyada ayblangan xodimlar majlisda qamoqqa olindi
Bosh prokuror oʻrinbosari Samarqandda energetikadagi poraxoʻrliklar boʻyicha yigʻilish oʻtkazgan.

14 fevral kuni bosh prokuror oʻrinbosari Shohruh Aminov Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazgan.
Unda taʼminot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Yigʻilishda bu kabi jinoyatlar keskin qoralangani aytilgan.