Buxoroda avto ehtiyot qismlari doʻkoni yondi
Yongʻin oqibatida odamlarning jarohat olishi va halok boʻlish holatlari kuzatilmagan.

Buxoroda avto ehtiyot qismlari doʻkoni yonib ketdi.
Bugun Qorakoʻl tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga Qorakoʻl tumani "Eski qala" MFY yoʻl yoqasida joylashgan avtoehtiyot qismlari doʻkonida yongʻin yuzaga kelganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra voqea joyiga 3 ta yongʻin qutqaruv avtoekipajlari jalb qilindi. Yongʻin oqibatida avto ehtiyot qismlar savdo doʻkonining 80 kv.m maydonda tom qismi va ichidagi ehtiyot qismlari yongan.
Yongʻin bir soatda batamom oʻchirildi.
Yongʻin oqibatida fuqarolarning kuyish va halok boʻlish holatlari aniqlanmadi. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarari boʻyicha tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.