platina.uz
Sport

Akmalxoʻja Mavlonov Yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi

Tayinlov haqida Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi. 

Akmalxoʻja Mavlonov Yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi

Akmalxoʻja Mavlonov Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Akmalxoʻja Mavlonov 1975 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U turli yillarda Margʻilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurori birinchi oʻrinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yil avgust oyida bosh prokuror oʻrinbosari sifatida ishlagan.

2021 yildan bojxona qoʻmitasiga raislik qilib kelmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid