platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Nargiza Xolbayevani "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotladi

U Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga rahbarlik qilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev Nargiza Xolbayevani "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotladi

Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Xolbayeva Nargiza Ibadullayevna "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda prezident farmoni eʼlon qilindi.

U "mamlakatimiz taʼlim tizimidagi samarali mehnati, yurtimizda sportni keng ommalashtirish va rivojlantirish, aholi, xususan yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdagi hissasi uchun" mukofotlangan.

Avvalroq Nargiza Xolbayevaning oʻquvchilarning sport bilan qamrovini oshirish boʻyicha tajribasi prezident tomonidan yuqori baholangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid