platina.uz
Jamiyat

Prezident yoshlarning diniy radikalizm taʼsiriga tushib qolishi masalasini koʻtardi

Yunusobod, Asaka, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Pastdargʻom tumanlari, Olmaliq va Buxoro shaharlarida bu muammoga qarshi ishlar qoniqarsizligi koʻrsatib oʻtildi. 

Prezident yoshlarning diniy radikalizm taʼsiriga tushib qolishi masalasini koʻtardi

Prezident yigʻilishida 2025 yilda Oʻzbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish ishlari yangi bosqichga koʻtarilishi taʼkidlandi.

Rahbarlar yoshlar ishsizligining salbiy oqibatlaridan, oʻz vaqtida band boʻlmagan yoshlar bilib-bilmay nomaqbul ishlarga qoʻl urishi, diniy radikalizm taʼsiriga tushib qolishi, jinoyat koʻchasiga kirishi mumkinligidan ogohlantirildi.

Yunusobod, Asaka, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Pastdargʻom tumanlari, Olmaliq va Buxoro shaharlarida bu boradagi ishlar qoniqarsizligi koʻrsatib oʻtildi.

Yoshlarni kasb va tilga oʻqitib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsadida bu yil bandlik boʻyicha katta dastur qabul qilindi. Buning uchun jami 126 trillion soʻm yoʻnaltirilmoqda.

Unga koʻra, mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi, mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming nafar odamni daromadli qiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bojxona qoʻmitasi mansabdorlari ovqatlanish bahonasida toʻplanib, turli diniy adabiyotlardan foydalangan holda noqonuniy jamoat koʻrinishidagi yigʻinlarni tashkil etishgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid