platina.uz
Jahon

Netanyahuni qamash tashabbusi bilan chiqqan prokuror AQSh sanksiyasiga uchradi

Uning AQShdagi aktivlari muzlatib qoʻyildi va mamlakatga kirishini taqiqlandi. 

Netanyahuni qamash tashabbusi bilan chiqqan prokuror AQSh sanksiyasiga uchradi

AQSh moliya vazirligi Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xonga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

AQSh Moliya vazirligi prezident Donald Trampning buyrugʻiga binoan, Buyuk Britaniya fuqarosi, Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xonni sanksiyalar roʻyxatiga kiritdi.

Vazirlikning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi 13 fevral kuni Xonga qarshi sanksiyalar joriy etganini eʼlon qildi - uning AQShdagi aktivlarini muzlatib qoʻydi va mamlakatga kirishini taqiqladi.

Donald Tramp 6 fevral kuni Xonga va potensial ravishda XJSning boshqa xodimlariga qarshi sanksiyalar joriy etish toʻgʻrisida farmon chiqardi.

Trampning bunday qilishiga XJS oʻtgan yili Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Isroil mudofaa vaziri Joab Gallantni hibsga olishga order bergani edi.

AQSh ham, Isroil ham Rim statusini imzolamagan, uning yurisdiksiyasini tan olmaydi.

2023 yilning mart oyida xalqaro sud Xonning tashabbusi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya bolalar huquqlari boʻyicha komissari Mariya Lvova-Belovani ukrainalik bolalarni noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olish uchun order bergandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid