platina.uz
Jahon

Makron Trampning siyosatini elektroshoker zarbasiga qiyosladi

Yevropa davlatlari mustaqil ravishda oʻz xavfsizligini taʼminlashi va Ukraina kelajagi uchun masʼuliyatni zimmasiga olishi kerak, deydi Fransiya rahbari. 

Makron Trampning siyosatini elektroshoker zarbasiga qiyosladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Donald Trampning Oq uyga qaytishi va uning davlat rahbari sifatidagi ilk qadamlari Yevropa Ittifoqi uchun elektroshoker kabi zarba boʻlganini aytdi.

Fransiya prezidentining fikricha, bu yondashuv Yevropa davlatlarini mustaqil ravishda oʻz xavfsizligini taʼminlashga va Ukraina kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga undaydi.

“Bu elektr toki urishiga oʻxshaydi. Bizga assimetrik impulslar, tashqi impulslar kerak. Yevropa kuchayishi va oʻzi harakat qilishi kerak", dedi Makron Financial Times nashriga.

Fransiya prezidentining taʼkidlashicha, "oʻta strategik noaniqlik" Yevropa davlatlarini AQShga qaramlikni saqlab qolish umidlarini qayta koʻrib chiqishga majbur qilishi mumkin. Unga koʻra, Yevropa Ittifoqi Xitoy bozoriga tayangan model, "Amerika harbiy soyaboni" va Rossiyadan kelayotgan arzon gaz formulasi endi ishlamayapti.

Makron Yevropani Amerika qurollariga, xususan Patriot havo mudofaa tizimlariga tayanishni bas qilishga chaqirdi va yevropalik hamkorlarga Fransiya-Italiya SAMP-T havo mudofaa tizimlarini sotib olishni tavsiya qildi.

"Shuningdek, biz Yevropaning toʻliq integratsiyalashgan mudofaa, sanoat va texnologik bazasini rivojlantirishimiz kerak", — deya qoʻshimcha qildi u.

Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp NATO mamlakatlari mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotining 5 foizigacha oshirishini taʼminlashga vaʼda berdi. U, shuningdek, Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam uchun NATOning qolgan qismiga qaraganda 200 milliard dollar koʻproq sarflaganini bildirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid