Jizzaxda fuqaro tabiatga 435 mln soʻmlik zarar yetkazdi
Jami 19 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib ketilgan.

Jizzaxda tabiatga 435 mln soʻmdan oshiq zarar yetkazildi.
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 18 dekabr kuni fuqaro T.A tomonidan jami 19 tup daraxt kesib ketilgan.
Viloyat prokuraturasi maʼlum qilishicha, tumandagi "Keriz" qabristoni hududida manzarali boʻlgan 17 tup past boʻyli qayragʻoch va 2 tup koʻk terak daraxti noqonuniy kesilgan.
Oqibatda oʻsimlik dunyosiga 435 mln 750 ming soʻm miqdorda zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.