Tashkilotlarda rahbarning Qonunchilik palatasi bilan birga ishlaydigan birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilmoqda
Qonunchilik palatasi Kengashining qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Barcha vazirlik, tashkilot va idoralar rahbarlarining Qonunchilik palatasi bilan birga ishlaydigan birinchi oʻrinbosari lavozimi tashkil etilyapti.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida maʼlum qilindi.
Yigʻilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari qonunchilik palatasi bilan ishlaydi, agar bunday lavozim boʻlmasa Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi. Mazkur qadam tashkilotlarning qonunchilik faoliyati bilan aloqalarini mustahkamlashga xizmati qilishi aytilgan.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida ham mazkur masalani koʻtargandi.