Sardor Umrzoqov raisligidagi kengash huzurida yangi jamgʻarma tuziladi
Jamgʻarma tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni oʻtkazish uchun grantlar ajratish va boshqalarni moliyalashtiradi.

Sardor Umrzoqov raisligidagi kengash huzurida yangi jamgʻarma tashkil etiladi.
Prezident qarori bilan Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida yangi jamgʻarma tashkil etilmoqda.
U Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi deb nomlanadi.
Jamgʻarma mablagʻlari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
-muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
- tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni oʻtkazish uchun grantlar ajratish;
- ijtimoiy soʻrovlar va jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish.
Jamgʻarma mablagʻlari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, avval Prezident qarori bilan tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgandi. Kengash raisi sifatida Prezidentning maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi Sardor Umrzoqov faoliyat yuritadi.