Oʻzbekiston yoshlari Osiyo chempionatini gʻalaba bilan boshladi
Yamanga qarshi oʻyinni Muhammadali Oʻrinboyevning yagona goli hal qildi.
Sport
13-fevral, 16:28

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo chempionatida Yamanga qarshi maydonga tushdi.
Oʻyin Xitoydagi Shenchjen shahrida oʻtdi.
Vakillarimiz oʻyinda kichik hisobda gʻalaba qozondi. Yagona golni 26-daqiqada Muhammadali Oʻrinboyev kiritdi.