"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" filialining sobiq mansabdorlari sudga tortildi
Ular xalqaro bank ajratgan kredit hisobidan milliardlab soʻmlarni talon-toroj qilishgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida" Milliy elektr tarmoqlari"ning sobiq mansabdoriga oid ish koʻrib chiqildi. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.
Maʼlum boʻlishicha, R.S 2018 yil dekabr oyidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali rahbari lavozimida ishlab kelgan. U sohaga “Osiyo taraqqiyot banki” tomonidan 150 mln. AQSh dollari kredit mablagʻlari hisobiga kredit foizlari 44.436,2 mln. AQSh dollari jami 194,4 mln. AQSh dollari hamda “Oʻzbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari” AJ hisobidan 35,8 mln. AQSh dollari va soliq va bojxona toʻlovlari imtiyozi hisobidan 77,2 mln. AQSh dollari jami 258,2 mln. AQSh dollari miqdorida pul mablagʻlar ajratilganligini bilgan. Ushbu mablagʻga Xorazm viloyatining Sarimay aholi yashash joyida havo liniyasini qurish ishlari belgilangan. Ammo R.S hujjatlarni soxtalashtirish evaziga “Xorazm MET” filialidan “Elektr Tarmoq Qurilish" AJga jami 52.273.474.846 soʻm, yaʼni ortiqcha 2.273.474.846 soʻm pul oʻtkazib berilishiga yoʻl qoʻygan.Shuningdek, u jami 899.499.622 soʻmlik temir mahsulotlari yoʻqolishiga yoʻl qoʻyib, davlat manfaatlariga zarar yetkazgan.
R.S. “Elektr Tarmoq Qurilish" AJga jami 2.360.879.198,66 soʻm asossiz ravishda oʻtkazilishiga erishgan.
J.O, X.O va B.K lar esa mansab soxtakorligida ifodalangan jinoiy qilmishni sodir etishgan. Ular dalolatnoma va boshqa hujjatlarni soxtalashtirib, jami 991 048 593 soʻm pul mablagʻlar asossiz ravishda oʻtkazilishiga erishgan. Ular 2019 yil 10 iyuldagi 26-sonli pudrat shartnomasiga asosan yuqoridagi obʼektda 2019-2021 yildagi toʻlovga taqdim etilgan hisob-faktura va bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnomalariga soxta maʼlumotlarni kiritib, ularga 35 441 714 067 soʻmlik import boʻlgan qurilish materiallariga belgilangan 2 foizli, yaʼni 708 834 281 soʻmlik transport harajatlari oʻrniga 4 foizli miqdorida, yaʼni 1 417 668 562 soʻmlik transport harajatlarini kiritishgan.
Sud jarayonida barcha sudlanuvchilar ayblariga iqrorlik bildirdi.
Yakuniy hukmga koʻra, R. S.ga oʻtash uchun 2 yil 6 oy muddatga elektr energiyasi taʼminoti tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda moddiy javobgarlik va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, yashash joyidan kechki soat 21:00 dan ertalab soat 07:00 ga qadar chiqishi cheklangan holda 1 yil 11 oy 27 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
J.O, X.O va B.K larning har biriga esa elektr energiyasi taʼminoti tizimidagi mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil (har biriga) ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.