Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempioni boʻldi
Jamoa finalda Indoneziyani yirik hisobda magʻlub etdi.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempioni boʻlishdi.
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli boʻyicha 1-Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi.
Finalda Oʻzbekiston termasi aʼzolari Indoneziyani yirik hisobda (6-0) magʻlub etishdi. Jamoa sardori Abdujamil Shukurov xet-trikka erishgan boʻlsm, Aziz Abdurahmonov dubl qayd etdi.




