platina.uz
Jamiyat

Komil Allamjonovga suiqasdda ayblanganlarga hukm oʻqildi

Shuhrat Rasulov, Shohruh Axmedov va Ismoil Jahongirov 23 yilga, Doniyor Toshxoʻjayev esa 7 yilga qamaldi. 

Komil Allamjonovga suiqasdda ayblanganlarga hukm oʻqildi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida fuqaro K. Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq Shuhrat Rasulovga 23 yil, Javlon Yunusovga 18 yil 6 oy, Shohruh Axmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Toshxoʻjayevga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qolgan 5 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil kuzida Toshkentda Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirilgani xabar berilgandi. Shuningdek, ushbu ish yuzasidan ikki rossiyalik qidiruvga berilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid