platina.uz

Ikkilamchi bozorda avtomobillar arzonlashuvi davom etmoqda

"Cobalt"ning kam foydalanilganlari 1,4%ga ($12 901 dan $12 725 ga), oʻrtacha foydalanilgani 2,4%ga ($12 300 dan $12 000 ga) arzonlashgan. 

Iqtisod
12-fevral, 16:30
Ikkilamchi bozorda avtomobillar arzonlashuvi davom etmoqda

Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxida pasayish tendensiyasi 2025 yilning yanvar oyida ham davom etdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning yanvar oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi

Joriy yilning yanvar oyida mahalliy ommabop avtomobillar narxi 2024 yilning dekabr oyidagiga nisbatan arzonlashdi. Xususan:

- "Onix": kam foydalanilgan - 2,4%ga ($14 350 dan $14 000 ga), koʻp foydalanilgan - 1,5%ga ($13 000 dan $12 800 ga);

- "Lacetti": kam foydalanilgan - 0,7%ga ($15 000 dan $14 900 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 1,4%ga ($14 500 dan $14 300 ga), koʻp foydalanilgan - 1,7%ga ($13 327 dan $13 095 ga);

-"Cobalt": kam foydalanilgan - 1,4%ga ($12 901 dan $12 725 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 2,4%ga ($12 300 dan $12 000 ga), koʻp foydalanilgan - 1,7%ga ($11 700 dan $11 500 ga);

- “Nexia”: oʻrtacha foydalanilgan - 1,8%ga ($11 400 dan $11 200 ga); koʻp foydalanilgan - ($10 500 dan $10 465 ga);

- "Spark": oʻrtacha foydalanilgan - 1%ga ($10 300 dan $10 200 ga), koʻp foydalanilgan - 1,1%ga ($9 300 dan $9 200 ga);

- "Damas": kam foydalanilgan - 0,5%ga ($8 135 dan $8 098 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 1,4%ga ($8 000 dan $7 886 ga), koʻp foydalanilgan - 4,1%ga ($7 300 dan $7 000 ga) arzonlashgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi

Kam foydalanilgan "Equinox" va "Malibu" avtomobillarining oʻrtacha narxlarida oshish kuzatilgan boʻlsa-da, oʻrtacha va koʻp foydalanilganlari uchun narxlar arzonlashishda davom etdi. Xususan:

- "Malibu": oʻrtacha foydalanilgan - 2,1%ga ($29 100 dan $28 500 ga), koʻp foydalanilgan - 1,6%ga ($25 000 dan $24 600 ga) arzonlagan boʻlsa, kam foydalanilgan uchun oʻrtacha narx 1,2%ga ($29 650 dan $30 000 ga) oshdi;

- "Equinox": oʻrtacha foydalanilgan - 1,6%ga ($30 500 dan $30 000 ga) arzonlab, koʻp foydalanilgani uchun oʻrtacha narx ($26 500) oʻzgarishsiz qolgan boʻlsa, kam foydalanilgani 0,9%ga ($34 000 dan $34 308 ga) oshgan;

- "Tracker": kam foydalanilgan - 1,6%ga ($18 700 dan $18 403 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 2,3%ga ($17 700 dan $17 300 ga), koʻp foydalanilgan - 2,9%ga ($17 000 dan $16 500 ga) arzonlashgan.

Elektromobillar narxi

Mazkur davrda koʻp foydalanilgan BYD "E2": ($15 250) va "Yuan Up" ($20 000) elektromobillari narxi oʻzgarmagan boʻlsa, boshqa elektromobillar oʻrtacha narxlarida arzonlash kuzatildi:

- BYD "E2":: yangi - 1,8%ga ($17 100 dan $16 800 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 2,9%ga ($15 970 dan $15 500 ga);

- BYD "Han": yangi - 0,9%ga ($32 500 dan $32 200 ga), koʻp foydalanilgan - 2,9%ga ($31 750 dan $31 250 ga);

- BYD "Song Plus DM-i Champion": yangi - 0,3%ga ($29 100 dan $29 000 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 1,1%ga ($27 200 dan $26 900 ga), koʻp foydalanilgan - 2,8%ga ($24 999 dan $24 300 ga);

- BYD "Song Plus EV Champion": yangi - 1,4%ga ($28 500 dan $28 090 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 3,6%ga ($26 600 dan $25 650 ga), koʻp foydalanilgan - 2,9%ga ($24 050 dan $23 350 ga).

Xorijiy avtomobillar narxi

-"Elantra": oʻrtacha foydalanilgan - 2,3%ga ($21 500 dan $21 000 ga); koʻp foydalanilgan - 4,8%ga ($21 000 dan $19 995 ga);

- "Tucson": kam foydalanilgan - 1,5%ga ($33 500 dan $33 000 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 0,8%ga ($31 750 dan $31 500 ga); koʻp foydalanilgan - 2,0%ga ($25 500 dan $25 000 ga);

- "Sportage": kam foydalanilgan - 1,4%ga ($29 000 dan $28 600 ga), oʻrtacha foydalanilgan - 1,8%ga ($27 500 dan $27 000 ga);

- "Seltos": koʻp foydalanilgan - 2,1%ga ($23 500 dan $23 000 ga) arzonlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+