Husanov tushmagan oʻyinda "Siti" yana magʻlub boʻldi
"Real Madrid" irodali kambek bilan gʻalabani ilib ketdi.

Yevropa chempionlar ligasi oʻtish oʻyinlari doirasida "Manchester Siti" jamoasi oʻz uyida "Real Madrid" klubini qabul qildi va magʻlubiyatga uchradi.
Oʻyinga Abduqodir Husanov tushirilmadi. Dastlab Xolann hisobni ochgan boʻlishiga qaramay, 60-daqiqada Mbappe tenglashtirdi. 80-daqiqada mehmonlar darvozasiga penatlti belgilandi.
11 metrlik nuqtadan Xolann bexato harakat qildi va dubl qayd etdi. Ammo 86 va 90+2-daqiqalarda "Real" 2 ta gol urib, gʻalabani ilib ketdi.
Husanov tushmagan oʻyinda "Siti" ikkinchi marta magʻlub boʻlyapti. Milliy chempionatda "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda ham Abduqodir maydonga tushirilmagan va yirik hisob qayd etilgandi.
YeChL, oʻtish oʻyinlari
Manchester Siti - Real Madrid 2:3
Brest - PSJ 0:3
Sporting - Borussiya D. 0:3
Yuventus - PSV 2:1
Bugun oqshomda yana 4 ta oʻyin boʻlib oʻtadi:
Bryugge - Atalanta
Monako - Benfika
Feyenoord - Milan
Seltik - Bavariya
Javob oʻyinlari bir haftadan keyin oʻtkaziladi.