platina.uz

Toshkentdagi supermarketlarda sabzavot narxlari pasaya boshladi

Kartoshka narxi oshganidan keyin Pokistondan kartoshka import qilindi va bu narx pasayishiga olib keldi.

Iqtisod
11-fevral, 8:40
Toshkentdagi supermarketlarda sabzavot narxlari pasaya boshladi

2025 yilning fevral oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishi koʻrib chiqildi.

Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasayganini koʻrsatdi. Tahlil 2025 yil 9 yanvar va 6 fevral orasida oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida amalga oshirildi.

Shunday qilib, kartoshkaning minimal narxi 26,1 foiz, qizil sabziniki 11,3 foiz, lavlaginiki 8,2 foiz, tuxumniki 7,8 foiz, sutniki 0,9 foiz, shakarniki 0,4 foiz pasaygan. Oʻtgan oyda kartoshka narxi oshganidan keyin Pokistondan kartoshka import qilindi va bu narx pasayishiga olib keldi.

8 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, oqbosh karam narxida eng katta oʻsish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bogʻliq.

Bodring narxi ham sezilarli darajada oshgan, ammo oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 30 foiz arzon.

7 nomdagi mahsulotning eng past narxlari oʻzgarishsiz qolgan. Bular – bugʻdoy uni, guruch, grechka, makaron, olma, banan, tovuq goʻshti (file).

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+