platina.uz

Toshkent viloyatida byudjetdan 12 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Nurafshon shahridagi amfiteatr binosini tugallash va yuzaga kelgan kreditor qarzdorlikni yopish uchun 8 mlrd soʻm beriladi. 

Jamiyat
11-fevral, 9:22
Toshkent viloyatida byudjetdan 12 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori bilan katta miqdorda pul ajratilmoqda. Qaror mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini oʻz ichiga oladi.

Xususan, ehtiyojmand xotin-qizlarning oʻqishi uchun shartnoma pullarini toʻlash uchun 1 mlrd 243 mln soʻm, "Farzandim uchun bir kitob" tanlovida sovrinli oʻrinlarni egallagan maktablarni ragʻbatlantirish uchun 600 mln soʻm, Nurafshon shahridagi amfiteatr binosini qurishni tugallash va yuzaga kelgan kreditor qarzdorlikni yopish uchun 8 mlrd soʻm ajratiladi.

Bundan tashqari, "Nuroniylar maskani" majmuasini qurishda yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf etish uchun 1,4 mlrd soʻm, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputatlarini yangi planshet bilan taʼminlash uchun 240 mln soʻm ajratiladi.

Viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasiga moddiy-texnik bazani yaxshilash uchun 209 mln soʻm beriladi.

Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Oʻ. Tursunova va mahalliy kengash vakili M.Gʻaniyev zimmasiga yuklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+