Korrupsiya reytingida Oʻzbekiston pastladi
Transparency International tashkiloti korrupsiyani qabul qilish indeksini eʼlon qildi.

Oʻzbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida 121-oʻrinni egalladi.
Mamlakat 100 balldan 32 ball olgan. Oʻtgan yilga nisbatan Oʻzbekiston bir pogʻona pastladi.
Roʻyxatda jami 180 ta davlat bor.

Sobiq Ittifoqning boshqa davlatlari qaysi oʻrinlarni egallagani ham maʼlum.
63. Armaniston
114. Belarus
53. Gruziya
88. Qozogʻiston
146. Qirgʻiziston
38. Latviya
32. Litva
76. Moldova
154. Rossiya
164. Tojikiston
165. Turkmaniston
121. Oʻzbekiston
105. Ukraina
13. Estoniya
Turkiya 107, Eron 151, Isroil esa 30-pogʻonani egallagan.
Korrupsiyani qabul qilish indeksi (CPI) dunyodagi eng keng tarqalgan global korrupsiya reytingidir. Bu ekspertlar va ishbilarmonlarning fikricha, har bir davlatning davlat sektori qanchalik korrupsiyalashganligi oʻlchanadi.