platina.uz
Jamiyat

Jizzax va Samarqanddagi maktablarga ham avtobus qoʻyilishi boshlanadi

Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov Qonunchilik palatasi yigʻilishida maʼlum qildi. 

Jizzax va Samarqanddagi maktablarga ham avtobus qoʻyilishi boshlanadi

Joriy yil yana ikki viloyatning olis hududlaridagi maktab oʻquvchilari uchun avtobus qoʻyish boshlanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida deputatlar maktab oʻquvchilari uchun avtobuslar qoʻyish tajribasi masalasini koʻtardi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovga koʻra, maktablarga avtobuslar qoʻyish ijobiy natija bermoqda.

Hozirgacha Qashqadaryo viloyatida 50 ta, Surxondaryo viloyatida ham 50 ta maktabda avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyilgan.

Tumanlar moliya boʻlimlari bilan hamkorlikda tashuv tariflari va parametrlari belgilangan. Qashqadaryo va Surxondaryodagi maktablar yoʻnalishlari chizilib, birjaga qoʻyilgan. Ayrim holatlarda yoʻllarning ahvoli boʻyicha muammolar ham koʻzga tashlangan.

Tajriba 2025 yilda Samarqand va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladi. Ilhom Mahkamovning maʼlum qilishicha, tajriba tez orada boshqa hududlarni ham qamrab oladi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil yozida Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzod sifatida Nukusda saylovchilar bilan uchrashuvda maktablarga avtobuslar qoʻyilishi haqida gapirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid