Bojxona qoʻmitasi raisiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Gʻayrat Nosirov avval "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Bojxona qoʻmitasi raisiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi.
Prezidentning 2025 yil 11 fevraldagi tegishli qarori bilan bojxona xizmati polkovnigi Nosirov Gʻayrat Farhodovich Bojxona qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar Gʻ.Nasirov "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshligʻi lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.
Shu kunga qadar Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan Ilxom Muxtorov esa bojxona organlaridagi boshqa tuzilmalarda oʻz xizmatini davom ettiradi.