platina.uz

Supurgi ortilgan yuk mashinasidan katta miqdorda giyohvandlik moddalari chiqdi

Surxondaryo viloyatidagi "Termiz avtoyoʻllari" xalqaro oʻtkazish punkti orqali kirib kelgan yuk avtotransport vositasi tekshirilgan. Aniqlangan narkotikning umumiy miqdori 612 kgni tashkil etmoqda. 

Jamiyat
10-fevral, 11:45
Supurgi ortilgan yuk mashinasidan katta miqdorda giyohvandlik moddalari chiqdi

DXX Chegara qoʻshinlari tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini respublikaga olib kirishga boʻlgan navbatdagi urinish bartaraf etildi.

2025 yil 9 fevral kuni Surxondaryo viloyatidagi “Termiz avtoyoʻllari” xalqaro oʻtkazish punkti orqali respublika hududidan tranzit tarzida oʻtish uchun kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan texnologik sxema asosida chegara nazoratidan oʻtkazish jarayonida mazkur avtotransport vositasiga ortilgan 13,5 tonna ogʻirlikdagi supurgi xodimlarning diqqatini tortdi.

Shundan soʻng, mazkur avtotransport vositasi “Termiz avtoyoʻllari” xalqaro oʻtkazish punktiga tutash hududdagi "Termiz" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tasarrufidagi bojxona omboriga keltirildi. Soʻngra undagi tovarlar chuqurlashtirilgan koʻrikdan oʻtkazildi.

Aniqlanishicha, yuk avtotransport vositasiga 180 ta qopda supurgi joʻxorisi oʻsimligidan tayyorlangan 22 ming 500 dona xoʻjalik supurgilari ortilgan. Mazkur supurgilarni sinchiklab koʻzdan kechirish davomida, 2 986 dona supurgilarning dastaklari orasiga aynan supurgi rangiga mos ravishda sariq rangdagi skotch bilan oʻralgan oʻrtacha 25 sm uzunlikdagi polietilen oʻramlar mohirlik bilan yashirilgani fosh boʻldi.

Ushbu oʻramlar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib koʻrilganida, ularning ayrimlari ichiga oʻrtacha 200 gr. ogʻirlikdagi oʻtkir hidli giyohvandlik vositasiga oʻxshash modda yashirilgani aniqlandi.

Shunday qilib, mazkur holatda 2 984 dona supurgi dastaklaridan ajratib olingan oʻramlardagi oʻtkir hidli toʻq jigarrang giyohvandlik vositalari ekspress analiz natijalariga koʻra, “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlandi va ushbu zahri qotil ogʻirligi oʻramlari bilan birga 612 kg.ni tashkil qilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+