Oʻzbekistonlik velosportchi Tailandda oltin medalni qoʻlga kiritdi
Yanina Kuskova veloshosse boʻyicha Osiyo chempionati doirasidagi poygada gʻolib chiqdi. Bu chempionatdagi uchinchi oltin medaldir.

Oʻzbekistonlik velosportchi oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Tailandning Pxitsanulok provinsiyasida oʻtkazilayotgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionati doirasida ayollar oʻrtasidagi individual vaqt poygasi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston sharafini milliy terma jamoa aʼzosi, tajribali Yanina Kuskova himoya qildi.
Yanina mazkur dasturda eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalga ega chiqdi.
1.Yanina Kuskova — 42:50.566 (Oʻzbekiston)
2.Safiya Al Sayeh — 43:50.463 (BAA)
3.Suyaka Uchino — 44:03.610 (Yaponiya).
Bu terma jamoalarimizning Osiyo chempionati-2025 doirasidagi uchinchi medaliga aylandi.
Taʼkidlash joiz, 3 yillik tarixda ilk bor milliy terma jamoa aʼzolari ketma ket 3 ta oltin medalga ega chiqishdi.
Oʻzbekiston velosport terma jamoasi ayni damda medallar jamgʻarish reytingida 1- oʻrinni egallab turibdi.
