Buxorodagi magistral quvurdan gaz sizib chiqdi
Oqibatda yongʻin sodir boʻlgan. Jabrlanganlar va qurbonlar yoʻqligi aytilmoqda.

Buxoroda gaz quvurida nosozlik sabab yongʻin yuz berdi.
Bugun, 10 fevral kuni Buxoro viloyati hududidan oʻtgan, diametri 1020 mm boʻlgan magistral gaz quvurida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan hamda yongʻin sodir boʻlgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holatni bartaraf etish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda, deya maʼlum qildi Energetika vazirligi.
Yongʻin natijasida jabrlanganlar hamda tan jarohati olganlar yoʻq.
Holat bartaraf etilgunga qadar aholi va ijtimoiy obʼektlarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida respublika hududlaridagi avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor shoxobchalariga vaqtincha cheklov kiritiladi.