Yil oxiriga borib 80 benzin cheklanadi, mazut yoqishni toʻliq taqiqlash boshlanadi
Buning uchun mutasaddilar barcha kuch va resurslarini safarbar etadi.
Jamiyat
8-fevral, 12:13

2025 yil yakuniga qadar quyidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlashga barcha kuch va resurslar safarbar etiladi:
- aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilgʻi bilan taʼminlagan holda AI-80 benzindan foydalanish va sotishni cheklash;
- respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanishni toʻliq taqiqlash.
Bundan avariyaviy yoqilgʻi sifatida Ekologiya vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari mustasno.
Bu haqda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi prezident farmonida soʻz boradi.