"Manchester Siti" Angliya kubogida keyingi bosqichga chiqdi
Zaxiradan maydonga tushirilgan Abduqodir Husanov muhim golni urdi.

Angliya kubogi 4-bosqichi doirasida "Leyton" - "Manchester Siti" oʻyinida "shaharliklar" 2:1 hisobida irodali gʻalaba qozondi.
Oʻyin "ManSiti" hujumlari ostida oʻtganiga qaramay, mezbonlar juda yaxshi himoyalandi va hatto birinchi boʻlib gol urdi. Deyarli maydon markazidan yoʻllangan zarba darvoza toʻridan joy oldi.
Ikkinchi boʻlim boshida Pep Gvardiola Abduqodir Husanovni maydonga tushirdi. Husanov 56-daqiqada boshi bilan toʻp yoʻnalishini oʻzgartirdi va birinchi golini urdi.
79-daqiqada esa Kevin de Bryuyne gʻalaba golini urib, oʻyin taqdirini hal qildi.
Angliya kubogi
Leyton - Manchester Siti 1:2
Gollar: Ortega 16 avto - Husanov 56, de Bryuyne 79