platina.uz

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi ushlandi

U boshqargan mashina salonidan 50 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi topilgan. 

Jamiyat
7-fevral, 15:00
Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi ushlandi

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi dori savdosi ustida qoʻlga olindi.

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashina salonida 50 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Camarqand viloyatining Bulungʻur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. fuqaro Toshkent shahrida qoʻlga olindi.

Undan ham 300 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ushbu kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari Qirgʻiz Respublikasidan noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+