platina.uz

Oʻzbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda olish imkoni yaratiladi

Prezident mazkur masala boʻyicha Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari ishlashi lozimligini aytdi. 

Jamiyat
7-fevral, 12:25
Oʻzbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda olish imkoni yaratiladi

Oʻzbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda rasmiylashtirish imkoni yaratiladi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida taʼkidlab oʻtdi.

Prezident xizmatlar sohasida raqobatbardoshlikni oshirish bevosita hudud va tarmoqlarni raqamlashtirish darajasi bilan bogʻliqligini aytdi.

Kadastr agentligiga koʻchmas mulk manzillarining yagona reyestrini tez fursatda oxiriga yetkazish, Transport vazirligiga barcha turdagi yoʻlovchi transportiga chipta olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirish kechikayotgani koʻrsatib oʻtildi.

“Takror aytaman. Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa – ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan boʻladi”, - dedi Prezident.

Vazirlar Mahkamasiga har bir vazir va hokimga raqamlashtirish boʻyicha alohida KPI, aniq vazifa va muddatlarni belgilab berish topshirildi.

Misol uchun, Turizm qoʻmitasi turistlar mehmonxona, dam olish maskanlarini “bron” qilish, avia va temir yoʻl, muzey, teatrga chipta sotib olish, gid va tarjimonlarni yollash kabi xizmatlarni masofadan turib olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirishi lozim.

Yoki, Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari Oʻzbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda rasmiylashtirish imkonini yaratishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+