platina.uz

Saraton – oʻlim hukmi emas

Platina.uz saraton kasalligi bilan ayovsiz kurashib, uni yengib oʻtgan odamlarni topib suhbatlashdi.

Intervyu
7-fevral, 17:01

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) 2050 yilga borib saraton kasalligiga chalinganlar soni 35 milliondan oshib ketishini prognoz qilmoqda. Bu 2022 yilda qayd etilgan 20 million saraton kasalligi koʻrsatkichidan 77 foizga koʻp. Yuqorida keltirilgan sonlar qanchalik ayanchli boʻlmasin, asli haqiqatdir. Saraton dunyoning boshqa mamlakatlari kabi Oʻzbekistonda ham ildiz otib, rivojlanib bormoqda.

Hatto bugun “Saraton yosharyapti” tushunchasi tilimizga kirib kelib ulgurdi. Shifokorlar fikricha, avval 30-35 yoshli insonlarda kuzatilgan bu kasallik hozirgi kunga kelib yosh bolalarda uchrayotgani, eng ayanchlisi kam foizlarda boʻlsa-da, tugʻma rakka chalingan bolalar tugʻilayotgani kishini xavotirga solib qoʻyishi tabiiy.

Dunyo sogʻliqni saqlash tashkilotlari ushbu kasallikning koʻpayishiga buzilgan atmosfera, tez tayyor boʻluvchi ovqatlar va rang beruvchi vositalar soni oshib borayotganini sabab qilib koʻrsatishmoqda. Bu omillarni hisobga oladigan boʻlsak, oxirgi yillarda Toshkent havosining ifloslanishi va tez tayyor boʻluvchi ovqatlarga boʻlgan talab oshib, poytaxtda yashovchi aholi soni ham ortib bormoqda. Bu esa oʻz-oʻzidan kasallanuvchilar soni koʻpayishiga zamin yaratishi kunday ravshan.

Saraton kasalligi bilan bogʻliq boshqa savollarga yuqoridagi intervyu orqali javob olishingiz mumkin. Intervyuda malakali onkolog shifokor saraton haqidagi savollarga javob berib, muammoli masalalarga aniqlik kiritgan. Rakni yenggan qahramonlar esa boshidan oʻtgan kunlar va kasallikda sogʻayish davri haqida gapirib beradi.

Oʻzingizni ehtiyot qiling! Hech qachon unutmang, saraton — oʻlim hukmi emas!

Maftuna Yodgorova tayyorladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+