platina.uz

Buxoroda turli maqsadlar uchun byudjetdan 60 mlrd soʻm ajratildi

Gʻijduvon tumani mahallalarini raqamlashtirish uchun sarflangan respublika uzoq muddatli ssuda mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarish uchun 10 mlrd soʻm beriladi. 

Jamiyat
7-fevral, 10:31
Buxoroda turli maqsadlar uchun byudjetdan 60 mlrd soʻm ajratildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi qarori bilan mahalliy byudjetdan 60 mlrd 152 mln soʻm mablagʻ ajratildi. Bu haqda kengashning 2024 yil byudjet ijrosi va 2025 yil erkin qoldiqlarini yoʻnaltirish boʻyicha qarorida maʼlum qilingan.

Jumladan, Gʻijduvon tumani mahallalarini raqamlashtirish uchun respublika byudjetidan ajratilgan uzoq muddatli ssuda mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarish uchun 10 mlrd soʻm beriladi. Kogon shahridagi isitish tizimlarini taʼmirlash uchun olingan ssudalarni qaytarishga 2,6 mlrd soʻm, kurash federatsiyasi boshqarmasiga 372 mln beriladi.

"Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga 500 mln soʻmdan berilishi maʼlum qilingan.

Viloyatda ishsizlik darajasiga kamaytirish uchun yangi ish oʻrinlarini tashkil etuvchi jamgʻarmani ragʻbatlantirish uchun 15 mlrd soʻm, viloyat hokimligi axborot xizmatini moddiy-texnik bazasi uchun 2,7 mlrd soʻm, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 2,6 mlrd soʻm ajratiladi.

Turli festivallar, tadbirlar, xizmati safarlari, kutilmagan xarajatlar uchun 1,5 mlrd soʻm berilishi koʻzda tutilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+