Polsha bosh vaziri davlat toʻntarishiga urinishda ayblandi
Bu haqda mamlakat Konstitutsiyaviy sudi raisi Bogdan Sviyeczkovskiy gapirdi.

Polsha bosh vaziri davlat toʻntarishida ayblanmoqda.
Mamlakat Konstitutsiyaviy sudi raisi Bogdan Sviyeczkovskiy davlat toʻntarishini uyushtirganlikda gumon qilinayotgani sabab bosh vazir Donald Tusk va mamlakatning boshqa yuqori martabali amaldorlariga nisbatan tergov boshlanganini maʼlum qildi.
Sviyeczkovskining bayonotidan Gazeta.pl iqtibos keltirmoqda.
"31 yanvar kuni men bosh vazir, vazirlar, Seym va Senat spikerlari, hukmron koalitsiya deputatlari va senatorlari, shuningdek, bir qator sudyalar, prokurorlar va boshqa shaxslarning davlat toʻntarishi jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinganligi haqidagi 60 sahifali bildirishnomani imzoladim", — dedi rais matbuot anjumani chogʻida.
Donald Tuskning oʻzi vaziyatga izoh berib oʻtdi. U X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida u stol tennisi oʻynayotgan videosini joylashtirdi.
Videoda kimdir janob Tuskga muxolifatdagi" Qonun va adolat" partiyasi rahbari Yaroslav Kachinski uni davlat toʻntarishida aybdor deb bilishini aytganini eshitish mumkin.
"Tinchlik boʻlsin. Biz buni keyinroq hal qilamiz", deb kulib javob bergan Donald Tusk stol tennisi oʻynashda davom etarkan.
Polsha prezidenti Anjey Duda"biz bugungi kunda ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi turli shaxslar tomonidan bir qator takroriy, qoʻpol qonun buzilishlari bilan shugʻullanmoqdamiz", dedi.